Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLda transfer oynasi vaqti o‘zgarishi mumkin

APLda transfer oynasi vaqti o‘zgarishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi klublari qishki transfer oynasini ikki haftaga qisqartirish va yozgi transfer oynasini mavsum boshlanishidan oldin yopish haqida o‘ylashmoqda. Bu haqda "Telegraph" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Angliya chempionati klublarining maqsadi mavsum boshlanganidan keyin futbolchilarning ehtimoliy transferlari bilan bog‘liq bo‘lgan murabbiylar va jamoalar uchun noqulayliklarni minimallashtirishdir.

Ta’kidlanishicha, transfer oynalari vaqtini o‘zgartirish bo‘yicha muhokama 6 fevral, payshanba kuni Premyer-liganing 20ta klubi sport direktorlari yig‘ilishida bo‘lib o‘tgan. Klub egalari, rahbarlari va boshqa asosiy arboblari kelasi hafta o‘yinchilar bir jamoadan boshqasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan vaqt oralig‘ida ovoz berish uchun yig‘ilishadi.

Kiritildi: 10:13, 07.02.2025.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик