Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

“Leyton Orient” — “Manchester Siti”. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

“Leyton Orient” — “Manchester Siti”. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Baho:
+-1 | -

Angliya Kubogi 4-bosqichida “Leyton Orient” o‘z uyida “Manchester Siti” klubini qabul qiladi.

Ertaga, 8 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga bir necha nashrlar taxminiy tarkiblarni e’lon qildi.

Masalan, Sportsmole nashri “shaharliklar” quyidagi tarkibda maydonga tushishini taxmin qilmoqda:

“Manchester Siti”ning taxminiy tarkibi: Ortega; Lyuis; Husanov, Stouns, O’Reyli; Gundo‘g‘an, Makt; Savinyo, De Bryuyne, Grilish; Mubama.

“Kelasi hafta “Real Madrid”ga qarshi Chempionlar Ligasi uchrashuvini hisobga olib, Gvardiola tarkibda ayrim o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Yangi futbolchilar Abduqodir Husanov va Vitor Reys himoyada asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyatiga ega. Ular bilan birga Riko Lyuis va Jahmay Simpson-Pyusi ham himoya chizig‘ini mustahkamlashi mumkin”, deb izoh beriladi Sportsmole saytida.

Standart nashri ham Abduqodir Husanovni asosiy tarkibga kiritdi.

“Manchester Siti”ning taxminiy tarkibi: Ortega; Nunes, Husanov, Akanji, Lyuis; Niko, Gundo‘g‘an; Savinyo, De Bryuyne, Grilish; Marmush.

Pep Gvardiola “Leyton Orient”ga qarshi Angliya Kubogi uchrashuvi uchun “Manchester Siti” tarkibida o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda.  

“Stefan Ortega darvozani qo‘riqlashda davom etishi mumkin, chunki Edersonga o‘tgan haftada “Arsenal”ga qarshi o‘yindagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng ishonch kamaydi. Jon Stouns va Yoshko Gvardiolga dam berilshi kutilmoqda, ularning o‘rnini Abduqodir Xusanov va Riko Lyuis egallashi mumkin”, deya izoh berilgan.
Foto: Getty Images

Sportingnews nashri ham Abduqodir Husanov ushbu o‘yinni dastlabki daqiqalardan to‘p suradi, deb hisoblamoqda.

“Manchester Siti”ning taxminiy tarkibi (4-2-3-1, o‘ngdan chapga):  Ortega (darvozabon) — Nunes, Akanji, Husanov, Gvardiol — Gonsales, Gundo‘g‘an — Marmush, Makt, Savinyo — Holand.

“Kevin De Bryuyne “Arsenal”ga qarshi o‘yinda yana zaxiradan maydonga tushdi, ammo Gvardiola uni asosiy tarkibda maydonga tushirishga tayyormi yoki uning o‘yin vaqtini cheklashni davom ettiradimi – bu hali noma’lum.  

Ushbu uchrashuvda “Manchester Siti”ning yangi futbolchilari maydonga tushishi mumkin, ayniqsa muxlislar Niko Gonsalesning yarim himoyada Bernando Silva yoki Mateo Kovachich o‘rnini egallashini kutmoqda. Shuningdek, bu Abduqodir Xusanov uchun himoyada o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin”, deyiladi saytda.

Ma’lumot uchun, uchrashuv ertaga, 8 fevral kuni 17.15 da boshlanishi rejalashtirilgan. Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo‘l olish uchun, “shaharliklar” 11 fevral kuni “Real”ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:23, 07.02.2025.
O'qildi: 7134 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.