Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Freestyle Chess. Javohir Sindarov Magnus Karlsenni mag‘lub etib, birinchi kundan so‘ng peshqadamga aylandi

Freestyle Chess. Javohir Sindarov Magnus Karlsenni mag‘lub etib, birinchi kundan so‘ng peshqadamga aylandi

Baho:
+ | -

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida "2025 Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasi start oldi. Jahonning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi bugun rapid yo‘nalishida 5 tadan o‘yin o‘tkazishdi.

Xabaringiz bor, turnirda Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham ishtirok etishi haqida xabar berib o‘tgandik.

Demak, dastlabki 5 ta o‘yindan keyin Javohir Sindarov 4,5 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Vatandoshimiz Vinsent Keymer (Germaniya), Levon Aronian (AQSH), Vladimir Fedoseev (Rossiya) va Magnus Karlsen (Norvegiya)ni mag‘lub etgan bo‘lsa, Gukesh Dommaradju bilan durang qayd etdi. Javohirning Magnus ustidan qozongan g‘alabasi juda chiroyli bo‘lganini ta’kidlash lozim.

Nodirbek Abdusattorov esa bugungi 5 ta bahsdan keyin 2,5 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni egallab turibdi. Hamyurtimiz Gukesh (Hindiston), Nakamura va Karuana (ikkisi — AQSH) bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, germaniyalik Vinsen Keymerga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Nodirbek beshinchi turda rossiyalik Vladimir Fedoseevni taslim etdi.

Alireza Firuzja 3,5 ochko bilan kuchli uchlikka kirgan bo‘lsa, Magnus Karlsen beshinchi o‘rinni band etib turibdi.

Ertangi o‘yinlarning birinchisida Abdusattorov va Karlsen o‘zaro to‘qnash kelsa, Sindarov Xikaruni sinovdan o‘tkazadi. O‘zbekistonlik ikki sportchi 7-turda o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Ertaga bo‘ladigan yana 4 ta tur bahslaridan keyin so‘nggi pog‘onani band etgan ikki shaxmatchi musobaqani tark etadi. Qolgan 8 sportchi esa pley-off formatida o‘z ishtirokini davom ettiradi. Pley-off bosqichi klassik shaxmatdan iborat bo‘ladi. Ikki o‘yindan keyin durang qayd etilsa, g‘olib taybrekda aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning mukofot jamg‘armasi — 750.000 dollarga teng. G‘olib shaxmatchiga 200.000 dollar beriladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:29, 07.02.2025.
O'qildi: 1641 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик