Xabi Alonso Bundesliganing yangi rekordini o‘rnatishga yaqin turibdi.
Ispaniyalik mutaxassis boshqarayotgan "Bayer" 21-turda "Volfsburg" bilan durang o‘ynadi (0:0).
Xabi Alonso boshchiligidagi leverkuzenliklar Bundesligada ketma-ket 27 ta safar o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan.
Alonso "Bavariya" va "Kyoln" klublarida 1985-1992 yillarda ishlagan nemis murabbiyi Udo Lattekning 27 o‘yinlik rekordini takrorladi.













