Madridning “Real” klubi “Kristal Pelas” markaziy himoyachisi Mark Gexini sotib olish fikrini rad etdi.
"Qirollik klubi" Angliya premyer-ligasi giganti bilan birga 24 yoshli futbolchiga da’vogarlar qatoridan joy olgandi.
Defensacentral xabariga ko‘ra, "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres angliyalik futbolchi uchun taklif qilmaslikka qaror qilgan, chunki u uning narxini juda yuqori deb hisoblagan.
Mark Gexining taxminiy bahosi 45 million yevro. Angliyalik futbolchining "Kristal Pelas" bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarida tugaydi.













