Ugo Gatti Krishtianu Ronalduning tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekani haqidagi so‘zlariga qo‘shilmadi.
“An-Nasr”ning portugaliyalik forvardi o‘zini shunday ta’riflagandi.
“Men uchun Pele darajasida hech kim bo‘lmagan, bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Hech kim unga tenglasha olmaydi, u betakror edi.
Krishtianu so‘nggi paytlarda juda yaxshi o‘ynadi, lekin u Pele darajasiga yaqin emas. Maradona va Messi ham Pelega yaqin emas", - deydi Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni.













