Markus Reshford va Marko Asensio "Aston Villa"da debyut qilishdi.
Futbolchilar klub safida ilk bor Angliya kubogi 4-turi doirasidagi "Tottenxem"ga (2:1) qarshi o‘yinda maydonga tushishdi.
"Manchester Yunayted"dan "Aston Villa"ga ijaraga berilgan Reshford 66-daqiqada Doniell Malen o‘rniga maydonga tushdi. Markus bilan bir vaqtda "PSJ"dan ijara asosida kelgan Asensio o‘yinga qo‘shildi - ispaniyalik Leon Beyli o‘rniga maydonga tushdi.
















