"Barselona" yarim himoyachisi Gavi Ispaniya chempionatining 23-turida "Sevilya" ustidan qozonilgan yirik g‘alaba haqida fikr bildirdi. "Ko‘k-anorranglilar" 4:1 hisobida zafar quchdi.
"Jamoadagi barcha natijadan mamnun. Biz uchun oson bo‘lmadi, ayniqsa, biz bir kishi kam bo‘lib qolganimizda, lekin biz vaziyatni yaxshi hal qildik. "Barsa 4:1 hisobida g‘alaba qozondi, bu ajoyib natija", - deya Gavi so‘zlarini keltiradi Barca Universal.













