Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Andrey Shevchenko: “Ukraina futbolida Timoshukka o‘rin yo‘q”

Andrey Shevchenko: “Ukraina futbolida Timoshukka o‘rin yo‘q”

Baho:
+1 | -

Ukraina futbol assosiasiyasi (UAF) prezidenti Andrey Shevchenko Anatoliy Timoshukning Lozannadagi UAF’ga qarshi sudda yutib chiqqaniga izoh berdi.

– Anatoliy Timoshuk CAS sudida apellyasiyani yutdi. Bu borada keyingi qadamlaringiz qanday bo‘ladi? Chunki, mening tushunishimcha, oldin qo‘yilgan sanksiyalar bekor qilinishi kerak.  

– Ukraina futbolida Timoshukka o‘rin yo‘q va bo‘lmaydi ham. Bu butun jamiyat, men va hammamizning qat’iy pozisiyamiz. U CAS sudida apellyasiyani yutganini biz hal qilganimiz yo‘q.

Men shuni ayta olamanki, biz uchun u ukrain futbolida mavjud emas va bu men uchun mutlaq aniq masala. Shuning uchun men bu mavzuni ko‘tarishning umuman hojati yo‘q deb hisoblayman, dedi Shevchenko.  

Eslatib o‘tamiz, Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS) sobiq futbolchi Anatoliy Timoshukning UAF intizom qo‘mitasi qaroriga qarshi bergan apellyasiyasini qanoatlantirdi.  

45 yoshli “Zenit” murabbiyi Ukraina — Rossiya mojarosi bo‘layotgan pallada rus klubida ishlashni davom ettirgani sababli unga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishni talab qilgan edi.

2022 yil mart oyida UAF uni barcha unvonlaridan mahrum qilgan, murabbiylik lisenziyasidan ayirgan va umrbod milliy jamoalar rasmiy reestridan chiqarib tashlagandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:28, 13.02.2025.
O'qildi: 1806 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик