Keyta Balde "Monsa" futbolchisiga aylandi.
Hujumchi Italiya klubi bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
29 yoshli futbolchi 1 yanvardan buyon klubsiz edi. U "Sivasspor" bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agentga aylandi.
Balde bungacha Italiyaning "Lasio," "Inter," "Sampdoriya" va "Kalyari" klublarida to‘p tepgan. U A Seriyada jami 185 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol urgan.













