Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Andijon» Qozog‘iston klubiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (videosharh)

«Andijon» Qozog‘iston klubiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Aleksandr Xomyakov boshqaruvidagi «Andijon» 13 fevral kungi ikkinchi uchrashuvi oqshomga yaqin Antaliyadagi «Titanik» nomli maydonda o‘tkazildi.

29 yanvar sanasida «Andijon» xuddi shu maydonda Ukrainaning «Vorskla» klubiga qarshi maydonga tushib 4:3 hisobida g‘alaba qozongandi. Bu safar Qozog‘istonning «Shaxtyor»i bilan kuch sinashdi va ustunlikka erishganini amalda isbotladi.

«Burgutlar» o‘yinni juda shiddatli hamda tajovuzkor ko‘rinishida boshladi va deyarli bahs mobaynida ushbu jihatni o‘z o‘yinida saqlab qola oldi.

Maydonga kuchli ishtiyoq bilan tushgan jamoamiz a’zolari har jabhada raqibdan kuchli ekanligini namoyish etdi. Uchrashuvning ko‘p qismida «Andijon» raqib jarima maydoni ichida bo‘ldi va xavfli vaziyatlarni yaratdi. Shu bois mazkur o‘yinda «Shaxtyor» darvozaboni va himoyachilariga qiyin bo‘ldi. Futbolchilarimiz esa raqibga imkoniyat qoldirmadi.

«Andijon»ning gollari esa uchrashuv oxirlariga yaqin kiritildi. Avvaliga Abdulvohid G‘ulomov o‘z qanotidan tezlik bilan oldinga bordi va markazga yaqin joydan Rustam Turdimurodovni to‘p bilan ta’minladi. Hujumchi esa o‘zi uchun yaratilgan imkoniyatni golga aylantirishga erishdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan endi yarim himoyachi Ilhom Abdug‘aniyev ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Markazda Turdimurodov Abdug‘aniyevni pas bilan ta’minladi. Himoyachining xatosidan keyin Ilhom uzoq masofadan raqib darvozasining ojiz nuqtasini topa oldi.

Shu tariqa, «Andijon» raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va haqli ravishdagi g‘alabaga erishdi.

Endi «Burgutlar»ning navbatdagi uchrashuvi 17 fevral sanasiga belgilangan bo‘lib, shu kuni Polshaning “Vishista Krakov” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

«Andijon» – «Shaxtyor» (Qozog‘iston) – 2:0 (0:0).
13 fevral. Antaliya. «Titanik» stadioni.
Bosh hakam: Sergey Nojenko
Yordamchi hakamlar: Rinat Yakbarov. Nurjan Junusov.
Zaxira hakami: Sergey Sultangaliyev (barchasi – Qozog‘iston).
«Andijon»: Eldor Adhamov, Abubakir Ashurov, Islom Mamatkazin, Abdulvohid G‘ulomov, Abdurahmon Komilov, Shoxjahon Yorqinboyev, Altin Kreziu, Ilhom Abdug‘aniyev, Sardor Azimov, Doniyor Abdumannopov, Rustam Turdimurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhammadkarim Toirov, Iskandar Shoyqulov.
“Shaxtyor": Igor Shaskix, Mixail Gabishev, Oljas Kerimjanov, Aleksandr Migunov, Elxan Saidov, Mansur Dilmurat, Rafael Ospanov, Ualixan Muxametjanov, Rifat Nurmugamet, Ansar Altinxan, Aydos Tattibayev.
Gollar: Rustam Turdimurodov, 80 - 1:0. Ilhom Abdug‘aniyev, 84 – 2:0.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 07:38, 14.02.2025.
O'qildi: 3219 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик