Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

O‘zPFL, televideniye va VAR mutaxassislari «Surxon arena»dagi holat bilan tanishdi

O‘zPFL, televideniye va VAR mutaxassislari «Surxon arena»dagi holat bilan tanishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, avvalroq Liga Superliga klublari stadionlarini ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Unga ko‘ra, «Surxon» klubi uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng o‘z uy uchrashuvlarini «Surxon arena»da o‘tkazishi kutilmoqda.

13 fevral kuni Liga mutaxassislari va televideniye vakillari «Surxon arena»dagi holat bilan tanishdi. Stadion chimi maxsus tekshiruvdan o‘tkazildi, projektorlar berayotgan yorug‘lik o‘lchandi. Stadion texnik hududi, kiyinish xonalari va boshqa muhim qismlar ko‘zdan kechirildi. Tegishli kamchiliklar bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

E’tiborlisi, «Surxon arena»da O‘zbekistondagi birinchi stasionar VAR xonasi tashkil qilinmoqda. Kecha VAR tizimi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Buyuk Britaniyaning Hawk Eye kompaniyasi mutaxassislari arenada ish boshladi. Yangi mavsumdan «Surxon arena» o‘zining shaxsiy VAR tizimiga ega bo‘ladi. Bu esa yo‘l xarajatlari va logistika muammolarini to‘liq bartaraf etadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:16, 14.02.2025.
O'qildi: 872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик