Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Ronaldo: «Barselona»da menejment bilan bog‘liq eski muammo bor»

Ronaldo: «Barselona»da menejment bilan bog‘liq eski muammo bor»

Baho:
+ | -1

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi, hozirda Ispaniyaning «Valyadolid» klubi egasi bo‘lgan Ronaldo 1997 yilda «Barselona»ni tark etgani haqida esladi.  

«Ularda menejment bilan bog‘liq juda eski muammo bor. Bu men uchun qattiq zarba bo‘lgan. Men bu shaharni juda yaxshi ko‘rganman.  

Rivaldo, Ronaldinyo va Neymar ham yaxshi ketishmadi. Qarang, «Barselona» braziliyaliklar orqali qanday buyuk tarix yaratdi, lekin oxir-oqibat munosabatlar yomon tugadi», – deb yozadi Marca Ronaldo so‘zlarini.  

Ronaldo o‘z faoliyati davomida «Kruzeyro», PSV, «Barselona», «Inter», «Real», «Milan» va «Korintians» klublarida o‘ynagan. U kasbiy faoliyati davomida 735 ta o‘yin o‘tkazib, 512 ta gol urgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:01, 15.02.2025.
O'qildi: 3221 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.