Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 0-0 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo - Nasaf

Mashrabjon Ro‘ziboyevning UFC’dagi debyut jangi bekor bo‘ldi

Mashrabjon Ro‘ziboyevning UFC’dagi debyut jangi bekor bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik MMA ustasi Mashrabjon Ro‘ziboyevning 16 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan UFC’dagi debyut jangi bekor qilindi.

Sportchi qisqa muddatda jangga rozilik bergan edi, ammo vazn me’yorini bajara olmadi.

Shu tariqa, u UFC Vegas 102 turnirida Jared Gordonga qarshi jang qila olmaydigan bo‘ldi.

Mashrabjon turnir boshlanishiga 4 kun qolganida ushbu jangni qabul qilib olgandi. Mazkur turnir doirasida Kauye Fernandes va Jared Gordon o‘zaro jang qilishi lozim edi. Ammo Fernandes jarohat oldi va jangda qatnasha olmaydigan bo‘ldi. Mashrabjon Ro‘ziboyev esa Gordon bilan jang taklifiga rozilik bergandi.

Ma’lumot o‘rnida, Mashrabjon Ro‘ziboyev o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi hisoblanadi. 28 yoshli Mashrabjon professional faoliyati davomida 25 ta jang o‘tkazib, 20 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan, bitta jang natijasi esa bekor qilingan.

Kiritildi: 12:29, 15.02.2025.
O'qildi: 1730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.