Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

"Manchester Siti" APLga qarshi sudda yutib chiqdi

"Manchester Siti" APLga qarshi sudda yutib chiqdi

Baho:
+ | -2

"Manchester Siti" APL bilan sodir bo‘layotgan muammolardani muvaffaqiyatga erishdi. 2024 yilning yozida "Siti" Premyer-ligaga qarshi da’vo qo‘zg‘atgandi. Unga ko‘ra, APL 2021 yildan boshlab klub xo‘jayinlariga yaqin bo‘lgan homiylar bilan shartnoma tuzishiga cheklovlar kiritgandi.

Bu nima degani? Qisqa va tushunarli qilib aytganda, APL klubning homiylik shartnomalari uchun "bozor narxi" belgilagandi. Agar klub qaysidir homiy bilan shartnoma tuzmoqchi bo‘lsa, premyer-liga bu narxni bozor narxiga to‘g‘ri kelmaydigan narxda tuzilgan deb majburiy arzon kelishuv tuzishga majburlab kelgan. Bu Britaniya qonunchiligiga zid bo‘lib, ikki xususiy kompaniyaning o‘zaro kelishuvlariga boshqa tomonning bu kabi aralashuvi mumkin emas. Buni yaxshi tushungan "Siti" butun Britaniyaning eng qimmat advokatlar jamoasini yollab, APL ustidan da’vo kiritgandi.

Ishni ko‘rib chiqqan mustaqil komissiya qoidalarning bir qismini "noqonuniy" deb topgan, ammo "Siti"ga qarshi klublar noyabr oyida liganing qoidalarga o‘zgartirishlar kiritishga qarorini qo‘llab quvvatlagandi.

"The Times" gazetasining xabar berishicha, mustaqil komissiya ishni qayta ko‘rib chiqdi va "Siti"ning da’volarini qo‘llab-quvvatlab, 2021-2024 yillarda amalda bo‘lgan qoidalarni umuman "noqonuniy" va "amal qilishga yaroqsiz" deb topdi. Chunki ularning faqat bir qisminigina noqonuniy deb ajratib olish mumkin emas.

Bu "Siti" uchun ulkan g‘alaba hisoblanadi. Oddiy tushuntirganda endi klub, misol uchun "Etihad" yozuvi tushirilgan futbolkalarda o‘ynash uchun yiliga 100 mln (yoki undan ko‘p) funt sterlingga ham kelishuv tuzishi mumkin bo‘ladi. Ilgari bunga APL qonunga zid tarzda bo‘lsa-da, aralashib ruxsat bermasdi.

"Manchester Siti" bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas, o‘tgan xaftada klub noyabr oyidan beri amalda bo‘lgan yangi qoidalarni xam noqonuniy deb topdirish uchun yangi da’vo qo‘zg‘atgani ma’lum bo‘ldi. Bu ishni xam shu mustaqil komissiya ko‘rib chiqadi.

Bu qaror APL uchun juda katta mag‘lubiyat hisoblanadi va bu katta oqibatlarni sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, APL klublari 2021 yil dekabridan 2024 yil noyabrigacha bo‘lgan davrdagi shartnomalar uchun kompensasiya talab qilishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari Premyer-liga "Siti" sud ishi uchun qilgan 20 million funtga yaqin xarajatlarini ham to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 17:14, 15.02.2025.
O'qildi: 2003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.