Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mejbri raqibini irqchilikda aybladi

Mejbri raqibini irqchilikda aybladi

Baho:
+ | -

Annibal Mejbri raqibini irqchilikda aybladi.

Chempionship o‘yinining 56-daqiqasida “Byornli”da o‘ynayotgan “Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi “Preston” hujumchisi Milutin Osmajich bilan tortishib qoldi va darhol bosh murabbiy Skott Parker va hakam oldiga yugurib borib, unga irqiy tahqirlangani haqida xabar berdi.

O‘yin qisqa muddatga to‘xtatildi, ammo oxir-oqibat davom ettirildi. O‘yindan so‘ng Angliya futbol assosiasiyasi bu masalani ko‘rib chiqqani ma’lum bo‘ldi.

"Preston" rahbariyatining aytishicha, Osmajich da’volarni qat’iyan rad etadi.

Mejbri o‘z postini e’lon qildi, unda u shunday dedi: "Men irqchilikni eshitganimda yoki ko‘rganimda har doim qoralayman.

Bu bizning sportimiz va jamiyatimizni o‘zgartirishning yagona yo‘li. Men kuchli odamman, lekin hech kim maydonda bunday qabih haqoratlarga duch kelmasligi kerak".

Kiritildi: 12:13, 16.02.2025.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик