Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

O‘zbekiston va yana 3 terma jamoa muddatidan avval chorak finalga yo‘l oldi

O‘zbekiston va yana 3 terma jamoa muddatidan avval chorak finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Xitoyda futbol bo‘yicha U20 yosh toifasidagi Osiyo kubogining guruh bosqich o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Unda qit’amizning 16 mamlakat terma jamoasi to‘rt guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashmoqda.

Bugunga qadar mazkur musobaqaning guruh bosqichida “A” “B” “S” guruhlarida ikkinchi tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, “A” guruhida Avstraliya va Xitoy yoshlar terma jamoalari ikkitadan g‘alaba qozongan holda shohsupaning birinchi hamda ikkinchi o‘rnidan joy oldi va chorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi ushbu guruhda 18 fevral kuni Avstraliya – Xitoy guruh peshqadamligi uchun o‘zaro raqobatlashsa, Qirg‘iziston – Qatar terma jamoalari shunchaki rasmiyatchilik uchun bahs olib boradilar.

Osiyo chempionatining “B” guruhida ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra, to‘rt jamoada ham navbatdagi bosqichga chiqish imkoniyatlari saqlanib qoldi. Jumladan, bitta g‘alaba va durang qayd etgan Iroq termasi hozirda 4 ochko bilan birinchi pog‘onada borayotgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni va Iordaniya termalari 3 ochko jamg‘arib, gollar nisbatiga ko‘ra ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlardan joy oldi. KXDR esa bir ochko bilan so‘nggi o‘rinda qoldi.

Bu guruhda 19 fevral kuni Iroq – Iordaniya, Saudiya Arabistoni – KXDR terma jamoalari o‘rtasida o‘yin o‘tkaziladi.

Chempionatning “S” guruhida O‘zbekiston U20 terma jamoasi 2-turda Indoneziya termasini 3:1 hisobida yengdi. Eron esa Yaman termasi darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Buning natijasida g‘olib bo‘lgan ikkala jamoa ham o‘z guruhida 6 tadan ochko jamg‘arib, 1/4 final bosqichiga yo‘l oldi. Mag‘lub jamoalar esa ochkosiz so‘nggi o‘rinlardan joy oldi. Bu guruhdagi so‘nggi tur bellashuvlari 19 fevral kuni o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston – Eron, Indoneziya – Yaman jamoalari raqobatlashadi.

Bugun, 17 fevral kuni “D” guruhida Suriya – Yaponiya, Janubiy Koreya – Tailand terma jamoalari ikkinchi tur doirasida o‘zaro kuch sinashadi. Ayni damda Yaponiya va Janubiy Koreya 3 ochkoga erishgan holda guruhda peshqadamlik qilmoqda. Agar bu jamoalar bugungi o‘yinlarda zafar quchsa, muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Kiritildi: 11:32, 17.02.2025.
O'qildi: 1156 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик