"RB Leypsig" hujumkor yarim himoyachi Xavi Simonsni 2025 yilning yozida qo‘yib yuborishi mumkin, deb yozadi Ekrem Konur.
Nemis klubi 85-90 million yevrolik takliflarni tinglashga tayyor. Eslatib o‘tamiz, "Leypsig" 2025 yilning yanvarida Simonsni "PSJ"dan 50 millionga sotib olgandi.
Niderlandiyalik futbolchi joriy mavsumda klublar miqyosida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













