Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Real» hakamlar bilan nizo sababli boshqa Ligada ishtirok etishi mumkin

«Real» hakamlar bilan nizo sababli boshqa Ligada ishtirok etishi mumkin

Baho:
+ | -2

«Real» Ispaniya chempionatini tark etib, boshqa ligada o‘ynay boshlashi mumkin. Bu qaror klubning «hakamlar tomonidan ta’qib qilinishi» sababli ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar bermoqda Sport.es.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, La Liga prezidenti Xavyer Tebas va «qirollik klubi» rahbari Florentino Peres o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan. Madrid klubi boshqa ligada ishtirok etish uchun Bundesliga, Seriya A yoki Liga 1 ga qo‘shilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Ayni paytda «Real» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Italiyalik murabbiyi Karlo Anchelotti boshqaruvidagi jamoa 24 tur natijalariga ko‘ra 51 ochko to‘plagan. Jadval yetakchisi «Barselona» ham xuddi shuncha ochkoga ega, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunlikka ega.

«Qirollik klubi» o‘zining navbatdagi o‘yinini UEFA Chempionlar Ligasi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:16, 18.02.2025.
O'qildi: 6683 marta.
Fikrlar: 75 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик