Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

"Bayer" "PSJ" himoyachisini to‘liq transfer qilish niyatida

"Bayer" "PSJ" himoyachisini to‘liq transfer qilish niyatida

Baho:
+ | -

O‘tgan yozda "Bayer" Nordi Mukiyeleni "PSJ"dan ijaraga olgandi. O‘ng qanot himoyachisi Leverkuzenda o‘zini qulay his qilmoqda va uning o‘yinlari hafta sayin yaxshilanib bormoqda. Biroq mavsum yakunida fransiyalik futbolchi "PSJ"ga qaytishi kerak, chunki shartnomada sotib olish varianti yo‘q.

"Bayer" to‘liq transfer haqida o‘ylamoqda. Klub sport direktori Saymon Rolfes yakuniy xulosa chiqarishga hali erta ekanligini aytdi.

"Hozircha baho berishga erta. Ammo Nordi qiyin startdan keyin yaxshi rivojlanmoqda, jamoaga to‘liq singib ketdi va sifatli futbol ko‘rsatmoqda", - deydi Rolfes.

Joriy mavsumda 27 yoshli himoyachi “Bayer” safida barcha turnirlarda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:55, 18.02.2025.
O'qildi: 558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.