Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ilhom Abdug‘aniyev: “Jamoa sardori bo‘lib maydonga tushishimni kutmagandim. Buning o‘ziga yarasha mas’uliyati bor”

Ilhom Abdug‘aniyev: “Jamoa sardori bo‘lib maydonga tushishimni kutmagandim. Buning o‘ziga yarasha mas’uliyati bor”

Baho:
+ | -

"Andijon"ning iste’dodli futbolchilaridan biri Ilhom Abdug‘aniyev Polshaning “Vishista Krakov” klubiga qarshi uchrashuvda maydonga sardorlik bog‘ichi ostida tushdi.

Andijonlik futbolchi Antaliya yig‘ini mobaynida o‘z ustida ishlab, yangi mavsumga o‘zining sport formasini tiklab boryapti. Abdug‘aniyev polshaliklarga qarshi uchrashuvdan keyin «Andijon» matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Ilhom, avvalo o‘yindan olgan taassurotlaringiz qanday bo‘ldi?

— O‘yinni sust boshladik va tezkor gol qabul qilib oldik. Bu raqib jamoani ruhlantirdi va ikkinchi golni ham o‘tkazib yubordik. Ammo yomon o‘yin bo‘lmadi, deb o‘ylayman. Biz ham yetarlicha vaziyatlar yaratdik. Biroq oxirida golga aylantira olmadik. Bilasiz, tarkibimizda yangi kelgan futbolchilar bor. Ular jamoa o‘yiniga moslashib borishyapti. Xudo xohlasa, qolgan uchrashuvlarda yaxshi o‘ynab ijobiy natijalarga erishamiz, degan umiddaman.

— Siz ushbu uchrashuvda jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushdingiz. Sardorlik bog‘ichi ostida to‘p surish qanday bo‘ldi?

— To‘g‘risi, jamoa sardori bo‘lib maydonga tushishimni kutmagandim. Buni albatta o‘ziga yarasha mas’uliyati bor.

— Oldimizda yana 3 ta o‘yin bor. Lekin shu kungacha bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvlari orasida siz uchun eng qiyin raqib qaysi bo‘ldi?

— Ha, yig‘inimiz davomida yana 3 ta o‘yinimiz bor. Albatta, o‘rtoqlik uchrashuvlari orqali bor e’tiborimizni o‘yinimizni shakllantirishga qaratyapmiz. Shu kungacha bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yinlari orasida qiyin raqib “Boras Banya-Luka” jamoasi bo‘ldi, deb o‘ylayman.

— Uchrashuvda ikkala jamoa noqulay ob-havo sharoitida o‘ynadi. Bu hol qanchalik ta’sir qildi, deb o‘ylaysiz?

— Bugungi o‘yin yomg‘ir ostida o‘tdi. Biroq uchrashuvga unchalik ta’sir ko‘rsatdi, deya olmayman. Chunki maydonda raqib ham, biz ham shu sharoitda o‘ynadik. Balki chempionat boshlarida ham shunaqa ob-havo sharoitida o‘ynashimiz mumkin. Jamoamiz Xudo xohlasa, bunday holatlarga ham tayyor bo‘ladi.

— Uchrashuvdagi tezkor gollardan keyin ham jamoa tushkunlikka tushmadi va raqibga munosib qarshilik ko‘rsatdi. Kutilmagan tezkor gollar o‘yin rejasini o‘zgartirib yubordi, deb o‘ylaysizmi?

— Albatta, tezkor gol o‘yinga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq uchrashuv davomida biz raqibga butun o‘yinda ustunlik qilishiga yo‘l qo‘ymadik. 2 ta goldan keyin bizda ham yaxshi hujumlar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida 2-3 ta yaxshi vaziyatimiz bor edi. Hakam tomonidan jamoadoshimizga qizil kartochka ko‘rsatilganidan so‘ng bir futbolchi kam bo‘lib qoldik. Shunga qaramasdan yigitlar vaziyatlar yaratishga harakat qilishdi.

— Umuman, Antaliya yig‘ini jamoamiz uchun qanchalik foydali bo‘lyapti, deb o‘ylaysiz?

— Antaliyadagi yig‘inimiz tabiiyki, jamoamizga katta foyda bo‘lyapti. Mashg‘ulot qilishga sharoitlar juda yaxshi. Ikki mahaldan mashg‘ulot, jismoniy va taktik tomondan murabbiylar jamoa ustida ishlashyapti. Qolaversa, juda yaxshi saviyadagi sparring-raqiblar bilan o‘ynayapmiz. Ushbu bellashuvlar orqali optimal formaga kirib, chempionatga puxta tayyorlanib boryapmiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:52, 19.02.2025.
O'qildi: 1566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик