Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Lionel Messi «Inter Mayami»dan ketganidan keyin qaysi klubda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Lionel Messi «Inter Mayami»dan ketganidan keyin qaysi klubda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Argentinalik hujumchi Lionel Messi «Inter Mayami» bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng faoliyatini ona yurtida davom ettirishi mumkin.

Messining Florida klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil dekabrigacha mo‘ljallangan. 37 yoshda bo‘lishiga qaramay, u jiddiy ravishda 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilgan va yuqori saviyada o‘ynashni davom ettirishni xohlamoqda.

Carpetasfcb.com nashrining xabar berishicha, «Inter Mayami»ning egasi Devid Bekxem Messiga 2026 yilgacha shartnomani uzaytirishni taklif qilgan. Biroq sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi uchun kutilmagan boshqa variant ham paydo bo‘ldi. Futbolchining atrofiga yaqin manbalarga ko‘ra, u jiddiy tarzda 2000 yilda «Barselona» akademiyasiga o‘tishdan avval o‘ynagan argentinalik klubi «Nyuells Old Boyz»ga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bu qaror «Barselona» klubi va uning muxlislari uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi, chunki ular hali ham Messini Kataloniyada ko‘rishni orzu qilishmoqda. Ammo Messi faoliyatini ona yurtida yakunlash va 2026 yilgi jahon chempionatiga eng yaxshi holatda tayyorgarlik ko‘rish istagi uning tanlovida hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 16:19, 19.02.2025.
O'qildi: 13032 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.