Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

O‘FA prezidenti saylovida qatnashgan FIFA direktori o‘z fikrini bildirdi

O‘FA prezidenti saylovida qatnashgan FIFA direktori o‘z fikrini bildirdi

Baho:
+ | -

FIFAning Osiyo va Okeaniya hudulari bo‘yicha direktori Balasingam Sanjevan O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga yangi prezident saylanishi munosabati bilan o‘z fikrini bildirdi.

"Avvalo, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining yangi saylangan prezidentiga samimiy tabriklarimni izhor etmoqchiman. Ushbu lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman va ishonamanki, uning rahbarligi O‘zbekiston futbolini yangi cho‘qqiga olib chiqadi.

Ushbu saylov kongressi FIFA nizomlariga to‘liq muvofiq ravishda o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Bu taraqqiyot ko‘plab omillarga bog‘liq, ammo eng muhimlaridan biri FIFA va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam hamkorlikdir. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev FIFA prezidenti Gianni Infantino bilan bir necha bor uchrashdi. Ularning muloqotlari futbolni rivojlantirish bo‘yicha turli tashabbuslar haqida bo‘lib o‘tdi, natijada O‘zbekiston terma jamoalari uchun yangi Milliy futbol markazi loyihasi ishga tushirildi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bor FIFA turniriga mezbonlik qildi va 2024 yilgi FIFA futzal Jahon chempionati tarixdagi eng yaxshi mundial sifatida tan olindi. Bu o‘zbek futboli oilasining mehnati va fidoyiligining yorqin namunasidir. Bu unutilmas voqea bo‘lib, O‘zbekistonning dunyo miqyosida futbol musobaqalarini o‘tkazishdagi qobiliyatini ko‘rsatdi va mamlakatning futbolga bo‘lgan ishtiyoqini namoyish etdi.

Kelajakda O‘zbekiston futbol olamida muhim o‘rin tutishini davom ettirishiga ishonchimiz komil. Biz ushbu hamkorlikni yanada mustahkamlashni va O‘zbekistonni yana bir bor FIFA turnirlarini o‘tkazuvchi mamlakat sifatida ko‘rishni kutib qolamiz".

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:19, 22.02.2025.
O'qildi: 1811 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик