"Santos" prezidenti Marselo Teysheyra jamoa hujumchisi Neymarning kelajagi haqida fikr bildirdi.
- Neymar paydo bo‘lgach, "Santos"ning muxlislari ko‘paydi. Barcha moliyaviy maqsadlarimiz amalga oshadi. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, 2026-yilgi jahon chempionatigacha hamkorlikni davom ettiramiz," - deya funksionerning so‘zlarini keltiradi ESPN.
Eslatib o‘tamiz, joriy qish mavsumida Neymar Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubini tark etib, "Santos"ga qaytgan edi.













