Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Liverpul" Salohga A Seriyadan o‘rinbosar topdi

"Liverpul" Salohga A Seriyadan o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

Ademola Lukman faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Sasha Tavolyerining xabar berishicha, yaqinda Jan-Pyero Gasperini bilan ziddiyatga borgan "Atalanta" vingeri yozgi transferlar davrida italyan klubini tark etadi. Ta’kidlanishicha, Lukman kiyinish xonasida unga yetarlicha hurmat ko‘rsatilmayapti, deb hisoblaydi.

27 yoshli futbolchiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda - nigeriyalik futbolchi mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan Muhammad Saloh o‘rniga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Mersisaydliklar allaqachon Lukmanning vakillari bilan aloqada bo‘lgan.

Shuningdek, Ademolaning transferiga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda. Londonliklar hali bitimni amalga oshirish uchun aniq qadamlar qo‘yishmagan.

Lukman joriy mavsum A Seriyada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 02:28, 26.02.2025.
O'qildi: 1708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.