Kirish Ro'yxatdan o'tish

Modrich 2026 yilgi jahon chempionatida "Real" futbolchisi sifatida ishtirok etmoqchi

Modrich 2026 yilgi jahon chempionatida "Real" futbolchisi sifatida ishtirok etmoqchi

Baho:
+ | -

Luka Modrich yana bir mavsum "Real"da qolishni istamoqda.

Marca xabariga ko‘ra, 39 yoshli yarim himoyachi madridliklar bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Xorvatiyalik uchun ideal voqealar rivoji bo‘ladi, unda u 2026 yilgi jahon chempionatida "Real" futbolchisi sifatida o‘ynaydi.

Luka "Madrid"da o‘ynashni davom ettirish uchun hamma narsaga ega ekaniga ishonmoqda. U asosiy tarkibda tez-tez maydonga tushishni istardi, ammo hozirgi vaziyatni qabul qiladi va qattiq mehnat evaziga o‘zgarishlarga erisha olishiga ishonadi.

"Real" bahor oxirigacha shartnomalarni uzaytirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmayapti. Agar klub Modrich bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilsa, unga bir yillik shartnoma taklif qiladi - bu xavbekni qoniqtiradi. Moliyaviy masala rol o‘ynamaydi.

Modrich joriy mavsum La Ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 04:06, 26.02.2025.
O'qildi: 922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик