Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Moskvada kaltaklangan "Navbahor"ning sobiq ustozi: "Husanov ham Zinchenko bilan bir xil taqdirga duch kelishi mumkin"

Moskvada kaltaklangan "Navbahor"ning sobiq ustozi: "Husanov ham Zinchenko bilan bir xil taqdirga duch kelishi mumkin"

Baho:
+-1 | -2

"Manchester Siti"ning sobiq yarim himoyachisi, "Evro-2024" finalidan keyin Moskvada kaltlangan Namanganning "Navbahor" jamoasi sobiq ustozi Andrey Kanchelskis "Evro-Football.Ru" internet nashriga bergan intervyusida hamyurtimiz Abduqodir Husanovning ingliz klubidagi o‘yiniga baho berdi.

"Hozirgi kunda Markaziy Osiyoda iqtidorli futbolchilar ko‘p. Bu hudud futbolchilari yuqori saviyaga erishayotganiga hayron emasman. Husanovga jarohatlardan qochib, asosiy futbolchiga aylanishini tilayman. Ehtimol, u kelajak uchun ishga olingan va ertaga u muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Balki Husanov asosiy tarkib futbolchisi ham bo‘lmagan, lekin ko‘p vaqtini zaxirada o‘tkazgan Zinchenko kabi "Manchester Siti"da o‘ynaydi. Garchi u haqida doimiy ravishda asosiy himoyachiga aylanib, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish arafasida ekanligi haqida gap-so‘zlar bo‘layotgan bo‘lsa-da. Zinchenko hozir "Arsenal"da o‘ynamoqda va endi u istiqbolli emas. Husanovaga ham dastlab tanqidiy baho beriladi. Bu transfer omadsiz bo‘lishi ham mumkin. Klublar transfer qarorlarida xato qilishadi. Ammo biz postsovet hududida prinsipial jihatdan yangi sifat darajasiga ko‘tarilayotgan futbolchilar o‘sib borayotganidan xursand bo‘lishimiz mumkin", — dedi Kanchelskis.

Kiritildi: 22:05, 26.02.2025.
O'qildi: 6580 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик