Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Superliga va Proliga klublari xavfsizlik ofiserlari uchun seminar tashkil etildi

Superliga va Proliga klublari xavfsizlik ofiserlari uchun seminar tashkil etildi

Baho:
+ | -

Liga yangi mavsum oldidan Superliga va Proliga klublarining xavfsizlik ofiserlari uchun seminar o‘tkazdi. Unda Ichki ishlar vazirligining Jamoat tartibini saqlash xizmati bo‘lim boshlig‘i Farhodjon Shermatov hamda Milliy gvardiyaning Ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Qosimov ham ishtirok etdi.

Ichki ishlar organi va Milliy gvardiya vakillari seminar qatnashchilariga futbol uchrashuvida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berishdi, shu bilan birga, yangi mavsum oldidan umumiy rejalar muhokama qilindi.

Seminarda FIFA hamda OFK komissari Kemel Tokabayev nutq so‘zladi. Tajribali mutaxassis uchrashuv tashkilotchiligi, xavfsizlik va boshqa masalalar bo‘yicha seminar ishtirokchilariga tegishli maslahatlar berdi va o‘z ish faoliyatida uchragan turli holatlar bilan o‘rtoqlashdi. Yig‘ilish yakunida Liga rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda taqvim, komissarlarning stadionlardagi faoliyati va bunda jamoat tartibini saqlash uchun mas’ul organlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:04, 27.02.2025.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик