Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bugun o‘zbek xokkeyida tarixiy kun

Bugun o‘zbek xokkeyida tarixiy kun

Baho:
+ | -

Bugun xokkey bo‘yicha O‘zbekiston U18 terma jamoasi o‘z tarixida birinchi bor jahon chempionatidagi o‘yinini o‘tkazadi. Tailandda tashkil etilayotgan III divizionning «B» guruhidagi bahslarda yoshlarimizning ilk raqibi JAR jamoasi bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, xokkeychilarimiz musobaqada 1-o‘rinni olishsa, kelasi yil III divizionning «A» guruhida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jamoamizning musobaqadagi o‘yinlari quyidagicha:

28 fevral: O‘zbekiston – JAR (14:30)
1 mart: Lyuksemburg – O‘zbekiston (14:30)
3 mart: Turkmaniston – O‘zbekiston (14:30)
4 mart: O‘zbekiston – Bosniya va Gersegovina (11:00)
6 mart: Tailand – O‘zbekiston (18:00)

O‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:08, 28.02.2025.
O'qildi: 1487 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик