Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

"Chelsi" yozgi transfer oynasida yangi darvozabon qidiradi

"Chelsi" yozgi transfer oynasida yangi darvozabon qidiradi

Baho:
+ | -

"Chelsi" joriy mavsumda Robert Sanchesning beqaror o‘yinidan so‘ng, darvozabon pozisiyasini kuchaytirish vaqti kelganiga ishonch hosil qildi.

Londonliklar ispaniyalik posbon bilan yozgi transfer oynasida xayrlashishni rejalashtirmoqda va uning o‘rnini egallay oladigan uchta nomzodni aniqlab olgan. Klub rahbariyati darvozadagi ishonchsizlik muammosi doimiy tus olganini hisobga olib, bu pozisiya uchun uzoq muddatli yechim topishga harakat qilmoqda. Avvalroq nomzod sifatida ko‘rilgan Filip Yorgensen oxirgi o‘yinlardagi xatolari sababli klubni to‘liq ishontira olmadi.  

Asosiy nomzodlardan biri – "Brayton" posboni Bart Verbruggen. Uning to‘pni oyoq bilan yaxshi uzata olishi va darvoza chizig‘ida ishonchli harakat qilishi "Chelsi" talablariga mos keladi. Shuningdek, u "Brayton"ga o‘tishidan avval ham "Chelsi" kuzatuvida bo‘lgan.  

Italiyada esa "Chelsi" "Parma" darvozaboni Zion Sudzuki va "Atalanta" posboni Marko Karnezekkining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ular A seriyada o‘zlarining ishonchli o‘yini bilan tanilgan bo‘lib, Premyer-ligaga moslashish uchun kerakli sifatlarga ega.  

Eslatib o‘tamiz, Robert Sanches 2023 yili "Brayton"dan "Chelsi"ga kelib qo‘shilgan edi.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 15:15, 28.02.2025.
O'qildi: 1104 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик