"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Betis"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Raul Asensioning himoyadagi pozisiyasi haqida fikr bildirdi.
"Raul Asensio o‘ng qanot himoyasida o‘ynay oladi. U ham markaziy himoyada, ham qanot himoyasida juda yaxshi o‘ynaydi. Rodrigodek futbolchi qanotda bo‘lsa, sizga hujumkor himoyachi kerak emas", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi «Marca».