2026/2027 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Angliyaning «Manchester Yunayted» va Italiyaning «Milan» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Polshaning Vroslav shahridagi «Tarchinski Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «Milan» 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Hisobni uchrashuvning 2-daqiqasida «Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr ochdi. 37-daqiqada Samu Chukvueze muvozanatni tikladi. 51-daqiqada Patrik Dorgu manchesterliklarni yana oldinga olib chiqdi. Ammo 58-daqiqada Alfajo Sisse hisobni tenglashtirdi.
Shundan keyin tashabbus «Milan» tomoniga o‘tdi. 68-daqiqada Gonsalu Ramush mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 72-daqiqada Ruben Loftus-CHik gol urib, yakuniy hisobni 4:2 ko‘rinishiga keltirdi.
«Barselona»dagi ijara muddatini yakunlab, «Manchester Yunayted» safiga qaytgan Markus Rashford 61-daqiqada maydonga tushdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» avvalgi o‘rtoqlik uchrashuvida «Lids»ni (1:1, penaltilar seriyasida 5:4) mag‘lub etgan edi. «Milan» esa «Chelsi»ga 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchragandi.
2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasida 71 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan. «Milan» esa Italiya A Seriyasida 70 ochko to‘plab, beshinchi pog‘onadan joy olgan.













