Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo «Galatasaroy» ustidan sudga murojaat qildi

Mourinyo «Galatasaroy» ustidan sudga murojaat qildi

Baho:
+ | -

«Fenerbaxche» klubi rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Galatasaroy»ga qarshi ma’naviy zarar uchun da’vo arizasi berganini ma’lum qildi. Avvalroq, turkiyalik klub portugaliyalik mutaxassisni irqchilikda ayblagan edi.  

Bayonotda qayd etilishicha, Mourinyo 1,907 million lira (50 ming yevro) miqdorida kompensasiya talab qilmoqda.

Bundan avval, 62 yoshli murabbiy to‘rt o‘yinga diskvalifikasiya qilingani haqida xabar berilgan edi. Uning ikki o‘yinlik jazosi «Galatasaroy»ga nisbatan irqchilik ayblovi, yana ikki o‘yini esa hakamlar brigadasidan bo‘lgan to‘rtinchi hakam Slavko Vinchichni haqorat qilgani uchun berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan «Fenerbaxche» va «Galatasaroy» o‘rtasidagi o‘yin (0:0)dan so‘ng, Mourinyo raqib jamoaning zaxira futbolchilari va murabbiylari haqida «maymunlar kabi sakrashdi» degan gapni aytgan. «Galatasaroy» bu so‘zlarni irqchilik deb baholab, sudga, shuningdek, FIFA va UYEFAga murojaat qilishini ma’lum qilgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:23, 28.02.2025.
O'qildi: 1901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик