Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘zPFL qarzdorligi bo‘lgan klublarni jiddiy ogohlantirdi

O‘zPFL qarzdorligi bo‘lgan klublarni jiddiy ogohlantirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qarzdorligi mavjud bo‘lgan ayrim klublar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Assosiasiyaga kafolat bergan bo‘lib, O‘FA tegishli qo‘mitasi shunga asosan ulardan taqiqni olib tashladi. Vaholanki, taqiq mavjud bo‘lgan holatda Liga klubga MyLeague platformasini yopib qo‘ygandi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov tomonidan imzolangan kafolat xatida sobiq futbolchi va murabbiylardan qolib kelayotgan qarzdorlik shu yilning 1 iyul sanasiga qadar to‘liq bartaraf etilishi ko‘rsatilgan. O‘FA qo‘mitasi esa Ligaga qarzdorlik 24 aprelga qadar bartaraf etilishini bayon qilgan hamda "Navbahor" klubidan taqiqni olib tashlagan. Liga garchi transfer taqiqi olinishini qo‘llab-quvvatlamasa-da, mazkur holatda O‘FA qo‘mitasi qarorini hurmat qilishga majbur. Ammo unutmaslik kerakki, viloyat hokimi tomonidan ko‘rsatilgan sana va qo‘mita belgilab qo‘ygan sana bilan muammoni to‘liq hal qilish mumkin emas. Bu mavzu, shuningdek, "Neftchi" va "So‘g‘diyona" klublariga ham tegishli hisoblanadi.

Ayni vaqtda OFK lisenziyalash jarayoni davom etayotgan bo‘lib, uning asosiy mezoni sifatida klubning qarzlardan holi bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Aks holda klub OFK lisenziyasini qo‘lga kirita olmaydi. Ya’ni, qit’aning har qanday klubi lisenziyaga ega chiqishi uchun joriy yilning 30 mart sanasiga qadar mavjud qarzdorlikni bartaraf etishi lozim. Mana endi savol tug‘iladi: O‘zbekistonning muayyan futbol klubi OFK lisenziyasiga ega chiqa olmasa, buning oqibatlari qanday bo‘ladi? Quyida shu haqda so‘z boradi.

1. OFK lisenziyasini qo‘lga kirita olmagan klub, professional futbol klubi maqomini yo‘qotadi.

Bunday klub esa professional futbol klublari uchun belgilangan soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalana olmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan imtiyozlar shular sirasiga kiradi.

2. Professional bo‘lmagan futbol klubi legioner futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi.

"Superliga va Proliga reglamenti"ning 10.4-bandida mazkur masala belgilab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqilsa, mazkur taqiq nafaqat eng yaqin yozgi transfer oynasiga, balki kelayotgan qishki transfer oynasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

3. Professional bo‘lmagan futbol klubi ilk yozgi transfer oynasida 2002 yil va undan katta yoshdagi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Ya’ni, reglamentda belgilab qo‘yilgan qoida asosida klubning faqatgina U21 yosh toifasidagi futbolchi bilan tuzgan mehnat shartnomasigina Liga ro‘yxatidan o‘tkazib beriladi.

Afsuski, bu kabi holatlardan ayrim futbol klublari tegishli xulosa chiqarmayapti. Qarzdorlikni bartaraf etishda mahalliy futbolchi, murabbiy yoki ishchi-xodimlar haqiga xiyonat qilish, ular bilan professional shartnoma imzolangan bo‘lsa-da, hisob-kitob vaqtida sobiq ishchilarni butkul boshqa summalarga ko‘ndirishga urinish kabi holatlardan Liga xabardor. Shularni inobatga olib, Liga futbol klublarini shu yilning 25 mart sanasiga qadar barcha qarzlardan holi bo‘lishga chaqiradi. Boisi, 30 mart sanasiga qadar OFK platformasiga tegishli hujjatlarni yuklab ulgurish talab etiladi.

Liga futbol jamoatchiligini muborak Ramazon oyi bilan qutlaydi! Biz barchani berilgan va’dalarga o‘z vaqtida amal qilish hamda birinchi navbatda ishchi-xodimlar bilan hisob-kitob qilish, shundan keyingina xorijiy yig‘inlar va ekipirovkalar, yangidan yangi futbolchilar bilan yangi kelishuvlar haqida o‘ylashga chaqiramiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:38, 01.03.2025.
O'qildi: 1179 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик