Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" Osimxenning tovon pulini to‘lashga tayyor

"Arsenal" Osimxenning tovon pulini to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

Mavsumni "Galatasaroy"da ijara asosida o‘tkazayotgan "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen Londonning "Arsenal" klubi radarida qolmoqda. "Kanonirlar"ga shuningdek, "RB Leypsig"dan Benjamin Sheshko va "Nyukasl"dan Aleksandr Isak ham qiziq, biroq aynan nigeriyalik eng real variant hisoblanadi, deb xabar bermoqda jurnalist Yagiz Sabuncho‘g‘lu. Gap futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 75 mln yevrolik tovon puli haqida ketmoqda.

Osimxenni qo‘lga kiritish esa, unchalik oson bo‘lmaydi, chunki unga boshqa da’vogarlar ham bor - masalan, "Manchester Yunayted." 26 yoshli futbolchining "Napoli" bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 07:03, 04.03.2025.
O'qildi: 793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик