"Milan" darvozaboni Mayk Menyan diskvalifikasiya qilindi. Taniqli jurnalist Janluka di Marsioning saytida yozilishicha, Menyan hakam sha’niga haqoratomuz gapirgani uchun bir o‘yinga diskvalifikasiya qilingan. Voqea "Milan"ning "Lasio"dan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng tribuna ostidagi xonada sodir bo‘lgan.
Shu tariqa, Menyan Italiya chempionatining "Lechche"ga qarshi safar o‘yinida "Milan"ga yordam bera olmaydi. Jamoalar 8 mart, shanba kuni o‘ynaydi, start hushtagi Toshkent vaqti bilan 22:00 da yangraydi.













