"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa vingeri Braim Dias haqida gapirdi.
"Kelasi hafta Bellingem diskvalifikasiyadan qaytganida, u zaxira o‘rindig‘ida bo‘lishini kim aytdi? Men emas.
Gap Diasning oddiy o‘yinchi ekanligida emas, u joriy mavsumda maydonda ko‘p harakat qildi. Braim maydonda o‘z imkoniyatlaridan a’lo darajada foydalanmoqda", - dedi italiyalik mutaxassis "Atletiko" bilan o‘yindan so‘ng.