"Nyukasl" "Fiorentina"dan 25 yoshli Moyze Kinni sotib olishni ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumki, inglizlar italiyalik hujumchini uzoq vaqtdan buyon kuzatib turishibdi, uning shartnomasida tovon puli 52 million yevroni tashkil etadi. Klub Kinning Premyer-ligaga qaytishga tayyorligiga ishonch bildirmoqda.
Kin joriy mavsum “Fiorentina” safida barcha turnirlar doirasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













