"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichining birinchi o‘yinida "Real Sosyedad" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagani haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Biz vaziyatlardan foydalanishimiz kerak - bugun bizda ular yetarlicha bo‘ldi. Biz kuchli futbolchilarga qarshi o‘ynayapmiz va bu oson emas. Ammo, baribir, hech bo‘lmaganda yana bir marta gol urishimiz shart edi," - deya Zirkzeening so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.













