Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Bavariya”ning Salohga qiziqishi jiddiy emas

“Bavariya”ning Salohga qiziqishi jiddiy emas

Baho:
+ | -

Myunxenning “Bavariya” klubi Muhammad Saloh va Virjil van Deykni sotib olishni rejalashtirmayapti.

"Liverpul"ning ikkala futbolchisining ham shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Avvalroq Fichajes myunxenliklar Salohga potensial erkin agent sifatida qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edi.

Biroq, insayder Kristian Falk ushbu ma’lumotni rad etdi.

«Bavariya, Salohning agar «Liverpul» bilan shartnomasi tugasa, uni sotib olishga tayyorlanayotgani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

"Bavariya" Salohning shartnomasida nima bo‘lishidan qat’iy nazar uni sotib olishni rejalashtirmayapti. Virjil van Deyk ham xuddi shunday. Bu mish-mishlarda juda ko‘p yolg‘on bor!", – dedi Falk.

Kiritildi: 19:28, 07.03.2025.
O'qildi: 726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик