Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

O‘zPFL namanganlik futbol muxlislariga murojaat qildi

O‘zPFL namanganlik futbol muxlislariga murojaat qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston Professional futbol ligasi namanganlik futbol ishqibozlariga murojaat bilan chiqdi.

"Bugun — 9 mart kuni "Navbahor" Superliganing ilk turi doirasida "Dinamo" klubini qabul qiladi. Biroq uchrashuvni o‘tkazish masalasida klub qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan. 

Klub mutasaddilari qatorasiga ikkinchi mavsum U21 jamoasi to‘p tepadigan maydon bo‘yicha Liga talabini paysalga solib keldi. Oqibatda Liga "Navbahor" U21 — "Dinamo" U21 o‘yinida mezbonlarga texnik mag‘lubiyat e’lon qilishga majbur bo‘ldi. Liganing stadionlar uchun javobgar mutaxassislari Namanganga tashrif buyurganida, klub rasmiylari o‘z vazifasiga bepisandlik bilan qaradi hamda ular uchun kerakli ma’lumotlarni chala holda taqdim etdi. Hattoki maydon perimetri bo‘ylab joylashtirilgan elektron reklama shitlarini yoqishning iloji bo‘lmadi. 

Shuningdek, faqatgina "Navbahor" reglamentning 10.18-bandi bo‘yicha talabni bajarmadi. Shundan kelib chiqib, bugun "Navbahor" klubi 2002 yil va undan katta yoshli futbolchilar xizmatidan foydalana olmasligi kerak. Ammo afsuski, klub yosh futbolchilarini hozirga qadar Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmagan va bu bilan "Superliga va Proliga reglamenti"ning 12.10-bandi talablarini buzgan. Liga uchun esa futbolchilar salomatligi birinchi o‘rinda turadi. 

Liga rahbariyati o‘tgan yil yakunida viloyat rahbariyati bilan uchrashuvda yuqoridagi mavjud muammolarni ochiqlagan edi. Uchrashuv davomida tomonlar viloyat futbol akademiyasi hamda futbol maktabiga tashrif buyurib, u yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan. Qayd etish kerak, bolalar futboliga berilayotgan e’tibor masalasida Namangan respublikaning eng oldi viloyatlaridan hisoblanadi. Poydevor va umuman infratuzilma masalasi viloyat hokimligi nazoratida bo‘lib turibdi. 

Biroq "Navbahor" futbol klubi haqida gap ketganda, klubda ayrim ishlar joyida emasligini qayd etamiz. Unda mehnat qilayotgan ikki-uch xodimni aytmasa, qolgan personal nima bilan mashg‘ul ekani borasida Ligada qator savollar mavjud. Vaholanki, viloyatda o‘z ishiga professional tarzda yondashishi mumkin bo‘lgan kadrlar talaygina. Reglament haqida tasavvurga ega bo‘lmagan, o‘z ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmaydigan kadrlar esa Liga va "Navbahor" muxlislari o‘rtasida qator tushunmovchiliklar keltirib chiqaradi. Liganing reglament asosida qo‘yadigan talabi klub tomonidan viloyat hokimi va jamoa muxlislariga butkul boshqa ko‘rinishda tadbiq etilishi oqibatida nafaqat holat o‘nglanmaydi, balki asossiz ziddiyatlar yuzaga keladi. 

Mavsumning ochilish uchrashuvi ekanligidan kelib chiqib, Liga ijobiy tibbiy xulosasi mavjud bo‘lmagan futbolchilarning faqatgina 1-tur doirasida maydonga tushishini ta’minlashga tayyor. Biroq 2-turga qadar barcha masala hal etilmasa, Liga klubga nisbatan reglamentda ko‘rsatilgani bo‘yicha sanksiya qo‘llashi yuzasidan rasman ogohlantiramiz. 

Izoh. Liga yuqoridagi masalalar yuzasidan klub rahbariyatini bir necha oylardan buyon ogohlantirib keladi. Buning foydasi bo‘lmagach, futbol ishqibozlarining hurmati yuzasidan Liga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularga murojaat qilishga qaror qildi. Futbol aynan ular uchun o‘ynaladi va ular bir qator shaxslarning mas’uliyatsizligidan aziyat chekishi Ligaga ham og‘ir botadi", — deyiladi O‘zPFL murojaatida.

Kiritildi: 16:18, 09.03.2025.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик