"Arsenal" APLda uchta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti.
"Kanonirlar" 28-turda safarda "MYU" bilan durang o‘ynadi (1:1).
APL doirasidagi avvalgi ikki o‘yinda "Arsenal" "Vest Xem"ga yutqazgan (0:1) va "Nottingem Forest" bilan durang o‘ynagan (0:0).
Mikel Arteta jamoasi 55 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda "Arsenal" "Chelsi"ni qabul qiladi.













