Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Manchester Yunayted» yangi darvozabon topdi

«Manchester Yunayted» yangi darvozabon topdi

Baho:
+ | -

«San-Lorenso Almagro» klubining paragvaylik darvozaboni Orlando Xil faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Manchester News MEN xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» asosiy posbon Senne Lammensga raqobatchi qidirishmoqda. Ayni damda klub shartnomasida 6 million yevro tovon puli ko‘rsatilgan Xil nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

2026 yilda Xil klub darajasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta to‘p o‘tkazib yubordi va ikki bor o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Shuningdek, Xil JCH-2026 da ham ishtirok etdi. U barcha beshta uchrashuvda maydonga tushib, Paragvay terma jamoasining sensasiya ko‘rsatishiga yordam berdi. Jamoa nafaqat pley-offga yo‘l oldi, balki 1/16 finalda Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Keyingi bosqichda esa paragvayliklar Fransiyaga (0:1) imkoniyatni boy berishdi.

Kiritildi: 14:56, 11.07.2026.
O'qildi: 1882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик