Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

Fayzullayev: «SSKAga o‘tayotganimda ko‘pchilik bu qarorga salbiy munosabatda bo‘lgandi»

Fayzullayev: «SSKAga o‘tayotganimda ko‘pchilik bu qarorga salbiy munosabatda bo‘lgandi»

Baho:
+ | -

SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida O‘zbekistonda uning Moskva jamoasiga o‘tishini shubha ostiga olganlar haqida gapirdi.  

21 yoshli Fayzullayev 2023 yil yozidan beri «qizil-ko‘klar» safida harakat qilmoqda va jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi.  

— Rostdan ham O‘zbekistonda ko‘pchilik seni Moskvaga ketishdan qaytarayotgani, u yerda yarim yil ham o‘ynay olmasligingni aytib, qaytib kelishingni kutayotgani haqiqatmi?  

— Yaqinlarim har doim meni qo‘llab-quvvatlaydi va ishonishadi. Ammo, ha, O‘zbekistonda ko‘pchilik, jumladan, ayrim murabbiylar ham: «U bunday darajani ko‘tara olmaydi va tezda qaytib keladi», — deb aytishgan. Bu gaplar menga qo‘shimcha motivasiya berdi. Men tavakkal qildim, garchi avvalida o‘ynab keta olmasligim haqida fikrlar bo‘lgan bo‘lsa ham. Lekin jamoaga tez moslashdim va tayyor ekanligimni tushundim. O‘ylaymanki, salbiy fikr bildirgan insonlarga o‘zimni isbotlay oldim.  

— Yangi jamoaga moslashishingda nimalar yordam berdi?  
— Har qanday jamoadagi eng muhim narsa — sen qanday qabul qilinishing. Men tezda moslashdim, shuningdek, rus tilini bilganim ham katta yordam berdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 11:30, 10.03.2025.
O'qildi: 1635 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.