Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

La liga. «Real» Mbappening dubli evaziga «Vilyarreal» maydonida qiyin g‘alabaga erishdi

La liga. «Real» Mbappening dubli evaziga «Vilyarreal» maydonida qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida «Vilyarreal» o‘z maydonida «Real» klubini qabul qildi. Madridliklar 3 kun ilgari "Atletiko"ga qarshi 120 daqiqa davom etgan Chempionlar ligasi bahsida katta kuch yo‘qotgani sezildi.

Uchrashuvdagi hisobni esa mezbonlar ochishdi. Bahsning 7-daqiqasida Xuan Foyt "Real" darvozasini ishg‘ol qildi. Tanaffusga qadar esa "Qirollik klubi" yaratilgan vaziyatlardan o‘ta ustalik bilan foydalandi. Kilian Mbappe 17 va 23-daqiqalarda yo‘llagan zarbalarini mezbon jamoa darvozaboni qaytara olmadi.

Ikkinchi bo‘limda ustunlik to‘laligicha "sariq suvosti kemasi" tomonida bo‘ldi. Ular ikkinchi taymda naq 14 ta zarba yo‘llashdi. Tibo Kurtua 4 ta seyv namoyish etgan bo‘lsa, 10 ta zarbaga aniqlik yetishmadi.

Juda ham charchab qolgan "Madrid" futbolchilari bir amallab g‘alaba saqlab qolishdi va o‘z hisobiga muhim 3 ochkoni qo‘shib qo‘yishdi.

28-tur yakunlariga ko‘ra, "Vilyarreal" La Liga turnir jadvalining 5-o‘rnida bormoqda va 44 ochko jamg‘argan. Shuningdek, "Real Madrid" ham 28 ta o‘yin o‘tkazgan holda 60 ochko bilan musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.

Ispaniya La ligasi, 28-tur
"VILYARREAL" - "REAL MADRID" - 1:2
Gollar: Foyt, 7 (1:0); Mbappe, 17 (1:1); Mbappe, 23 (1:2)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:35, 16.03.2025.
O'qildi: 1762 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик