Bernardu Silva "Brayton" bilan o‘yinda zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng jarohat oldi.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi APL 29-turidan o‘rin olgan uchrashuvning 58-daqiqasida maydonga tushgandi.
76-daqiqada bosh murabbiy Pep Gvardiola portugaliyalikning o‘rniga Filip Fodenni maydonga tushirdi. Silva oqsoqlanib maydonni tark etdi.