Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

Ro‘ziqul Berdiyev: “Stadiondagi muxlislarga bunday muhitni yaratib berishgani uchun minnatdorlik bildirish kerak”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Stadiondagi muxlislarga bunday muhitni yaratib berishgani uchun minnatdorlik bildirish kerak”

Baho:
+ | -

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan «Andijon» – «Nasaf» (1:1) uchrashuvidan keyi tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Bu darajada, bunday muhitda to‘p surish har bir jammoa uchun yoqimli. Buning uchun albatta stadiondagi muxlislarga bunday muhitni yaratib berishgani uchun minnatdorlik bildirish kerak. Ko‘rinib turibdiki, bu jamoaga e’tibor, muxlislari bor va eng yaxshi ishqibozlardan biri. O‘yinga keladigan bo‘lsak, uchrashuv boshidagi bosimga bardosh bera olmadik. Shuning uchun xatolik evaziga gol o‘tkazib yubordik. Undan keyin to‘pni nazorat qilish bizga juda muhim edi. To‘pni nazorat qilganimizdan keyin vaziyatlar yarata oldik. Durangga erishib gol urdik. Ikkinchi bo‘limdagi vaziyatlarga keladigan bo‘lsak, menimcha ikkita jamoaga ham g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirish uchun nafaqat kurashga boy o‘yin, balki vaziyatlar ham bo‘ldi. Lekin durang natija qayd etildi va menimcha, bu uchrashuvga mosroq bo‘ldi, deb o‘ylayman.

— Birinchi turda «So‘g‘diyona»ga qarshi uchrashuvda jamoangizdagi bir qator futbolchilar bugungi bahsda maydonga tushishmadi. Rotasiya bo‘lishiga sabab nima?

— Ba’zi-bir o‘zgarishlarga majbur bo‘ldik. Sherzod Nasrullayev jarohat oldi. Xebay shundoq ham qatnashmagandi. Cholovich bilan Nurulloyevni pozisiya bo‘yicha almashtirdik. Ular bir chiziqda o‘ynashadi. Tarkibda yangilik qilishimiz kerak edi. Chunki tarkibimizda o‘yinchilar bor, hammasiga ishonishimiz kerak. O‘ylaymanki, bu narsa raqibga har doim qiyinchilik tug‘diradi. Shu bois rotasiyaga ko‘p emas, ozgina qo‘l urgandik. Bilasizlar, Golban ham markaziy himoyachimiz. Bu safar G‘olibni o‘rniga uni maydonga tushirishga qaror qilgandik.

— Xebay birinchi turda ham yo‘q edi va bu safar ham qaydnomaga kiritilmadi. Turkiyada o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushgandi.

— Uni betob deb oldingi safar ham aytgandim. Hozir davolanyapti. Balki hozir bo‘ladigan tanaffus unga qo‘l kelishi mumkin. Bu vaqtda jamoamiz safiga qaytadi.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 06:30, 16.03.2025.
O'qildi: 1429 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.