Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" sobiq himoyachisi: "Chempion bo‘lmoqchi bo‘lgan klub bunday o‘ynamaydi"

"Arsenal" sobiq himoyachisi: "Chempion bo‘lmoqchi bo‘lgan klub bunday o‘ynamaydi"

Baho:
+ | -

Fransiyalik sobiq himoyachi Vilyam Gallas hozirgi "Arsenal"ning muammolari haqida gapirdi.

"Kanonirlar" chempionlik imkoniyatidan deyarli mahrum bo‘ldi - "Liverpul" bilan oradagi farq 15 ochkoni tashkil etmoqda.

"Arsenal" bu muammoga ilk bor duch kelayotgani yo‘q - jamoa saviyasi pastroq raqiblar bilan o‘yinlarda juda ko‘p ochko yo‘qotmoqda. "Nottingem Forest" bilan durang, "Vest Xem"ga mag‘lubiyat. Ligada g‘olib chiqishni istasangiz, o‘nta durang juda ko‘p. Chempionlar o‘z maydonida "Everton" va "Vest Hem" bilan durang o‘ynamaydi, "Bornmut"ga yutqazmaydi.

"Arsenal"ning yildan-yilga ochkolari bunday tarzda kamayib borishi yaxshi emas. Ha, APLning o‘rtacha darajasi oshdi, ammo agar siz doimiy ravishda bir xil xatolarga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsangiz, futbolchilarning mentaliteti bilan bog‘liq muammolar haqida o‘ylash uchun asos bor," - deya Gallasning so‘zlarini keltiradi Arsenal News Channel.

Yakshanba kuni Mikel Arteta jamoasi "Chelsi" bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 12:10, 16.03.2025.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик