Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

Yozda «Barselona»ni tark etadigan futbolchilar aniq bo‘ldi

Yozda «Barselona»ni tark etadigan futbolchilar aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

“Barselona” yozgi transferlar davrida ham tarkibni optimallashtirish yo‘lini davom ettiradi. Kataloniyaliklarning moliyaviy sharoiti shuni taqozo etmoqda.

Klub sport direktori Deku jamoani kuchaytira oladigan yangi ijrochilarni olishdan avval tarkibdagi ayrim futbolchilarni ketishga ko‘ndirishi kerak.

Hozircha, klubdan birinchilardan ketishi kutilayotgan uch nafar o‘yinchi nomi ma’lum bo‘ldi.

Andreas Kristensen:
Daniyalik markaziy himoyachi yuqori darajali o‘yinchi bo‘lishiga qaramay, doimiy jismoniy muammolari barqaror o‘ynashiga to‘sqinlik qilmoqda. Qolaversa, Kristensen markaziy himoyadan o‘rin olish uchun Ronald Arauxo, Jyul Kunde, Inigo Martines va Erik Garsiya raqobatini yengolmayapti.

Erik Garsiya:
“Barselona”ning yoshlar jamoasidan chiqqan o‘yinchi asosiy tarkibda muhim figuraga aylana olmadi. Buning oqibatida klub uni o‘tgan yili “Jirona”ga ijaraga berib yubordi. “Jirona”ga Garsiyaning harakatlari ma’qul. Ular yozda o‘yinchini to‘liq transfer qilib, ortga qaytarmoqchi.

Ansu Fati:
Klubning eng istiqbolli o‘yinchilaridan biri sifatida e’tirof etilgan Fati doimiy jarohatlar tufayli salohiyatini namoyish qila olmadi. Joriy mavsumda La Ligada atigi to‘rt bor ko‘rinish bergan futbolchi yozda o‘ziga boshqa jamoa topishi kerak.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 15:45, 16.03.2025.
O'qildi: 7042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.