Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona

Fabian Markinyosning rekordini takrorladi

Fabian Markinyosning rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 26-tur bahslari o‘tkazildi va uning markaziy o‘yini doirasida “PSJ” – “Marsel” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Parijliklar o‘z raqiblarini 3:1 hisobida mag‘lub etishdi. "PSJ" futbolchisi Fabian Ruis uchun bu o‘z klubi tarkibida chempionatdagi qatorasiga qirq sakkizinchi o‘yin bo‘ldi va u ushbu bahslarning birortasida mag‘lub bo‘lmagan.

Fabian shu tariqa, klub tarixidagi braziliyalik Markinyosga tegishli bo‘lgan va 2014-yilning mayidan 2016-yilning martigacha o‘rnatilgan bu boradagi seriyani takrorladi.

Yana bitta o‘yin Ruisni rekordning yagona egasiga aylantiradi. “PSJ” navbatdagi o‘yinda “Sent-Etyen”ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 11:21, 17.03.2025.
O'qildi: 547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.